description |
---|
Jasurbek Xasanboyev |
Formaga komponentlarni tashlab oldik endi ularga event berishimiz kerak. Ya’ni buttonni bosgan paytingizda u qandaydir amalni bajarish orqali qaysidir vazifani bajaradi. Misol keltiradigan bo`lsak kalkulyatorga sonni kiritib ‘+’ tugmasini bo`lsak dastur tushunadiki demak kiritiladigan ikkinchi son birinchi songa qo`shiladi va ‘=’ tugmasini bosgan paytimizda ikki sonni yig`indisini bizga chop etib beradi. Menimcha sizda Event haqida tushuncha paydo bo`ldi deb o`ylayman.
Komponentga hodisa qo`shish uchun qo`ydagi ketma-krtlik bajariladi:
- Hodisa qo`shilishi kerak bo`lgan komponent tanlanadi avvalgi darsda yaratgan dasturimiz bo`yicha qaraydigan bo`lsak bizda hodisa Buttonda edi.
- Properties menyusidan hodisa belgisiga bosiladi va bizga hodisalar ro`yhati ko`rinadi.
- Ro`yhatdan Click hodisasini topib unga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz (double-click).
Bizga quyidagicha kod forma ochiladi:
private void btnAdd_Click(object sender, EventArgs e)
{
}
Bizni dasturimizda joylashgan txtName nomli textbox bor. Dastur vazifasi esa textbox ga kiritilgan ismni lstNames nomdagi listboxga qo'shish kerak bo'ladi. Bunda quyidagicha shartlar bor: ism bo'sh bo'lmasligi kerak va kirtilayotgan ism avval kiritilmagan bo`lishi kerak.
private void btnAdd_Click(object sender, EventArgs e)
{
if (!string.IsNullOrWhiteSpace(txtName.Text) && !lstNames.Items.Contains(txtName.Text))
lstNames.Items.Add(txtName.Text);
}